07 sen 09:14
Yangiliklar
Futbol
Braziliya prezidenti Argentinaga qarshi o'yinni davom ettirishni so'rab qo'ng'iroq qilgan ekan
JCH-2022 saralashi doirasida Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 4-daqiqada to'xtatib qo'yilgandi.
Bunga sabab, argentinaliklarning to'rt nafar futbolchisi koronavirusga bog'liq qoidalarni buzganligi sabab qilib ko'rsatilgan.
Malum bo'lishicha, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o'yinni kuzatgan va bahs to'xtatilganda Braziliya futbol federaciyasi bilan bog'langan. U argentinalik futbolchilarda xech qanday muammo bo'lmasligi lozimligini, o'yin esa davom etishi kerakligini malum qilgan.
Biroq, u qo'ng'iroq qilganida argentinalik futbolchilar kiyinish xonasiga kirib ketib ulgurishgan va o'yin boshqa kunga qoldirilgani elon qilib ulgurilgandi.
Havola :
Manba : Clarin
Fikrlar