31 iyu 06:28
Yangiliklar
Futbol

Breaking: Bugun SHomurodov "Roma" ixtiyoriga etib boradi + FOTO
Xabaringiz bor, "Jenoa" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini Italiyaning nomdor jamoasi "Roma"da faoliyatini davom ettiradi.
"Ertaga ko'rishguncha, rimliklar!", – deb yozadi Eldor SHomurodov twitter'dagi sahifasida.
Avvalroq rimliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi aytilgandi hamda uning yillik maoshi ochiqlangandi.
SHomurodov 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan malum miqdorda pul ishlab oladi. Rim klubi 26 yoshli futbolchiga bir mavsum uchun 2 million evro to'laydi.
Oldinroq SHomurdovning "Jenoa"dan ijaraga olinishi "Roma"ga 2,5 million evroga tushishi aytilgan edi. Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" yangi mavsumda Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar