So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

17 apr 16:15
Yangiliklar

Xokkey

Breaking! "Humo" kelasi mavsumda VXLda qatnashmasligini elon qildi

Teglar :  Humo
Xokkey klubining rasmiy bayonoti

Aziz muxlislar, aziz do'stlar!

Biz, «Humo» xokkey klubi jamoasi, sizlarga katta hurmat va alangali muhabbatimizni izhor etmoqchimiz. Qisqa vaqt ichida biz nafaqat klub tuzishga, o'ttiz yillik obro'dan keyin xokkeyni tiklashga, balki ushbu klubni Oliy Xokkey Ligasi peshqadamlari safiga qo'shishga muvaffaq bo'ldik. Va albatta barchasini birgalikda qildik!

Biz uch marotaba OXL mavsumida tomoshabinlar soni bo'yicha rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldik, pley-offga bosqichida sport imkoniyatimiz bor edi, media olamida nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydondagi obro'-etiborga sazovor bo'ldik.

Ayni vaqtda butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq bo'lgan sinovli damlarni boshdan kechirmoqda. Noqulay vaziyatni tezda bartaraf etish yo'lida hammamiz davlat va tibbiyotning barcha talablariga rioya qilish juda muhimdir.

Hozirgi kunda, pandemiyaga qarshi kurash choralari munosabati bilan dunyoning deyarli barcha mamlakatlari misli ko'rilmagan cheklash choralarini ko'rdilar, chegaralar yopildi va havo, temir yo'l yoki avtomobil yo'li orqali transchegaraviy aloqa mavjud emas. Infekciyaning tarqalish ko'lamini va yangi koronavirusning inson hayoti va sog'lig'iga tahlikasini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va VHL chempionatining boshlanish vaqti to'g'risida aniq tushuncha bo'lmagan sababli, shuningdek, u qay tarzda o'tkazilishini noaniqligini hisobga olgan holda, klub rahbariyati «Humo» Xokkey Klubi OXL va QRO chempionatlarida 2020-2021 mavsmida ishtirok etmasligiga qaror qildi.

Bizni tushunishingizga umid qilamiz va ishtirok etganlarning barchasiga O'zbekistondagi xokkeyni rivojlantirishga qo'shgan hissasi va qisqa tanaffusdan keyin albatta davom etadigan yorqin loyihani amalga oshirganliklari uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Rossiya Xokkey Federaciyasiga va Oliy Ligasiga alohida tashakkurimizni izhor etamiz. 

Butun mavsum davomida biz ularning qo'llab quvvatlashini sezib turdik va takidlashni joiz topdikki, CHempionatni tashkillashtirilish masalalari yuqori baholarga sazovor.

Har biringiz xokkeyni va albatta «Humo»ni qanchalik sevib qolganingizni tushungan holda, go'zal xokkey olamiga sizni tezroq qaytarish uchun qolimizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga so'lishga harakat qilamiz.

Barcha xokkey muxlislariga hurmat bilan va sizni yaqinda ko'rish umidida,

«Humo» xokkey klubi.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 apr 16:49:10
Davron Tashkenbayev
Хоккей катта харажатли роскош эди. Манимча иқтисодимиза пандемиядан кейин ўзини яна 1-2 йил ўнглашига вақт кетада. балки кейин Хоккей хақида ўйлашга вақт кетар.
   
17 apr 16:34:20
Golib Raxmonov
Xa yaxshi qaror, karonavirusdan kiyin oyoqqa turvolgunimizcha tuxtatib turgan yaxshi
   
17 apr 16:24:09
Шамсиддин Фахриддинов
Титул хомийларини иши юришмаяптиде, хаммани зурлаб Хумони аренасию командаси тузилди, бир томондан хоккей ривожланди, аммо шунча пул... Хар бир махаллага Бассейн куриб берса буларди бугун Узбекистон буйича шу пулларга
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing