23 may 12:35
Yangiliklar
Gimnastika, Parij-2024
Breaking: Oksana CHusovitina jarohat oldi. U Parij Olimpiadasida ishtirok etmaydi
Ertaga Toshkent shahrida sport gimnastikasi bo'yicha ayollar o'rtasida licenzion turnir boshlanadi.
Ushbu musobaqada afsonaviy Oksana CHusovitina ham ishtirok etishi kutilgandi. Biroq, u kechagi mashg'ulotlarda jarohat oldi va ertaga boshlanadigan musobaqani o'tkazib yuboradi.
Bu degani - CHusovitina Parij Olimpiadasida ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, CHusovitina 8 marotaba Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, "Ginnes rekordlari" kitobiga kiritilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar