So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

29 jan 10:16
Yangiliklar

Eshkak eshish

Brestdan qaytgan parakanoechilarimizning yig'ini Toshkent dengizida davom ettiriladi

Parakanoe bo'yicha terma jamoamiz azolari joriy yil hisobidan o'rin olgan dastlabki xorij o'quv-mashg'ulot yig'inini Brest shahrida o'tkazib qaytishdi.

Bu haqida O'zbekiston paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Aziz Abdulhabibov, SHahnoza Mirzaeva, Hayitmurod SHerqo'ziev va Hasan Qo'ldoshev murabbiylar Eldor Yaxshibaev va Artyom Karmeev qo'l ostida Belarusda mashg'ulot olib bordilar. Brest shahrida bo'lib o'tgan yig'in davomida murabbiylar shtabi sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga urg'u berishdi.

Rejaga asosan navbatdagi mashg'ulotlar 3 fevlar kuni Toshkent dengizida start oladi. SHuningdek, terma jamoamiz safiga Pavel Sulaymonov va Olimjon Solijonov ham qo'shiladi. 20 fevralga qadar davom etadigan yig'in 6 nafar parakanoechilarimiz oldinda turgan nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradilar.

Malumot o'rnida, hamyurtlarimiz shu yilning 20-26 mart kunlari Tailandda Parakanoe bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. May oyida esa ularni Germaniyada o'tadigan Jahon chempionati kutib turibdi. Tokio-2020 oldidan eng so'nggi musobaqaga 25-28 may kunlari Duysburg shahri mezbonlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing