19 may 12:13
Yangiliklar
Engil atletika
"Brilliant Liga"ning ilk bosqichida shohsupaga ko'tarilgan Anvar Anvarov Osiyo chempionatida tengsiz bo'ldi
Xabar berganimizdek, kecha Xitoyning CHunsin shahrida engil atletikaning sakrash turlari bo'yicha ilk Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasining etti nafar vakili turli dasturlarda startga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Kecha qita birinchiligining dastlabki kungi bellashuvlarida Barnoxon Sayfullaeva balandlikka sakrash bellashuvlarida 1.83 m natija qayd etib, barcha raqiblaridan ustun keldi.
Bundan tashqari, 16 may kuni nufuzli "Brilliant Liga" turnirining SHanxaydagi ilk bosqichida bronza medaliga ega chiqqan Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida 8.06 m natija bilan qita birinchiligida birinchi bo'ldi. U SHanxaydagi turnirda 8.01 natija qayd etgandi.

Havola :
Manba : uzathletics.uz
Fikrlar