12 may 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
Britaniya hukumati 1 iyundan sport musobaqalariga ruxsat berdi
Buyuk Britaniya hukumati yoz faslining birinchi kunidan etiboran mamlakat hududida sport tadbirlarini o'tkazishga ruxsat berdi.
BBC xabariga ko'ra, barcha katta-kichik musobaqalar muxlislarsiz o'tkaziladi. SHu bilan birga barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Bunday qarorga kelinishiga Britaniyada karantinning biroz yumshagani sabab bo'lmoqda. Agar mamlakatda koronavirus pandemiyasi xavfi yana ortadigan bo'lsa, u holda qaror qayta ko'rib chiqiladi.
Havola :
Fikrlar