13 iyu 15:43
Yangiliklar

Radukanu uch yillik tanaffusdan keyin yana Britaniyaning birinchi raketkasi
U reytingda vatandoshi Keti Bolterdan o'tib ketadi. Bolter Londondagi turnirning ikkinchi davrasida rossiyalik Diana SHnayderga yutqazib qo'ydi. Hozir WTA reytingida 34-o'rinni egallab turgan Keti kamida 39-pog'onaga tushib ketadi. Radukanu esa onlayn reytingda 36-o'rinda bormoqda.
Takidlash joiz, Radukanu va Bolter aynan Queen’s Club turnirining juftlik bahslarida birgalikda ishtirok etishayotgandi. Ular 1/4 finalda ukrainalik Lyudmila Kichenok va Yangi Zelandiya vakilasi Erin Rutlif hamkorligiga 2/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Emma 2022 yilning avgustidan shu kungacha Britaniyaning ikkinchi raketkasi bo'lib kelayotgandi. Radukanu London turnirining yakkalikdagi 1/4 finaliga chiqqanidan keyin kamera ekraniga shunday so'zlarni yozdi: "Yashasin Bolterkana!"
Fikrlar