02 okt 13:38
Yangiliklar
Tennis

Pekin (WTA). Dunyoning ikkinchi raketkasida kutilmagan mag'lubiyat
Polshalik Iga Svyontekni hal qiluvchi uchinchi setda "suxoy"ga yutishdi.
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda. Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek biroz kutilmaganda to'rtinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 17-pog'onada borayotgan amerikalik Emma Navarroga 4/6, 6/4, 0/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Svyontek hal qiluvchi uchinchi setda bironta ham geymni yuta olmagan. Tennis malikalarining o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib Emma ilk g'alabasiga erishdi - 1:2. Ikki soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda Iga 9, Navarro 2 ta eys zarbasinni amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar