22 fev 09:04
Yangiliklar
UFC Fight Night 267. Co-main event va yana bir jangda nokaut qayd etildi
Turnirning co-main event jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Unda serbiyalik Urosh Medich tajribali Jeff Nilga qarshi oktagonga chiqdi. Jang biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Medis nomdor raqibini birinchi raundning o'zida ketma-ket yo'llangan zarbalar evaziga nokautga uchratdi. Bu uning ketma-ket uchinchi jangda qo'lga kiritgan g'alabasi bo'ldi. Urosh ishtirokidagi shu uchchala jang ham birinchi raundda to'xtatilgandi. Bugungi g'alabasi evaziga u yangilangan reytingda Top-15`ga kiradi.
Ahamiyati jihatidan uchinchi jangda yarim engil vazn toifasi vakillari Melkizael Kosta va Den Ige o'zaro to'qnash keldi. Bu jang ham kutilmagan natija bilan tugadi. Kosta aylanma (vertushka) zarba bilan raqibini nokautga uchratdi. Den Ige faoliyatida ilk bor muddatidan avval mag'lub bo'ldi.

Fikrlar