27 iyu 10:37
Yangiliklar
Tennis

Vashington (WTA). Anna Kalinskaya Radukanuni taslim etdi
AQSH poytaxti Vashington shahrida tennis bo'yicha o'tkazilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning 48-raketkasi bo'lib turgan Anna Kalinskaya ortiqcha qiyinchiliksiz final yo'llanmasini hal qildi. Rossiyalik tennis malikasi 1/2 final bahsida reytingda o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan britaniyalik Emma Radukanuni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. To'qson olti daqiqa davom etgan yarim final bahsida Kalinskaya 2, Radukanu 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar mos ravishda 5 ga 4 va 4 ga 1 ko'rinishida Anna foydasiga hal bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar