29 mar 13:25
Yangiliklar
Britaniyalik poygachilar "Formula-1" tarixiga kirishdi
"Mersedes" haydovchilari Jorj Rassell (5-o'rin) va Lyuis Xemilton (10-o'rin) va Lando Norrisning (Maklaren, 7-o'rin) tufayli britaniyalik haydovchilar Formula-1 tarixidagi 10 000 ballik dovondan o'tishdi.
Endi britaniyalik poygachilar umumiy 10 001,78 ballga ega va bu bir mamlakat haydovchilari uchun "F-1" dagi rekord ko'rsatkichdir. Ochkolarning 40 foizdan ortig'ini Xemilton (4181,5 ball)to'plagan. SHuningdek Jenson Batton (1235), Devid Kulthard (535), Nayjell Mansel (482), Jeki Styuart va Deymon Xill (360 ) kabi poygachilar ham katta hissa qo'shishidi.
Britaniyaliklar bu ko'rsatkich bo'yicha o'z raqobatchilaridan ancha oldinda: Germaniya poygachilarida 7897,5 ball, finlandiyaliklarda 4346,5 ball, braziliyaliklarda 3421 ball, francuzlarda 3376,4 ball bor.
Fikrlar