So’nggi yangiliklar

17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0 12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

28 okt 14:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Bu boksga nisbatan hurmatsizlik - Xasanboy Do'smatov - Saken Bibosinov jangi haqida o'zbek mutaxassislari qanday fikrda?

Hasanboy Do'stmatov – Saken Bibosinov to'qnashuvi va hakamlarning qarori haqida kim qanday fikrda?

Belgradda davom etayotgan jahon chempionatidagi dunyo boks muxlislari va mutaxassislarining ko'plab bahs-munozaralariga sabab bo'lgan Hasanboy Do'smatov hamda Saken Bibosinov o'rtasidagi jang to'grisida o'zbek boksi mutaxassilarining fikrlariga qiziqdik.

Farruh Muhiddinov – sport jurnalisti

«Jangni ko'rdim, juda ham yaqin va bahsga sabab jang bo'ldi. Lekin xakamlar qaroriga qo'shilaman. Sakenning Hasanboydan bo'yi baland va qo'llari uzun, Bibosinov bu ustunlikdan to'liq foydalandi va Xasanboyni butun jang davomida masofada ushlagan holda zarbalar yo'lladi. Hasanboy uchun bu jangda eng katta muammo aynan shu - masofa bo'ldi».

Jalol Ahmedov – sport jurnalisti

«Hasanboy Do'smatov ilk jangidayoq qiyin raqibga qarshi jang o'tkazishiga to'g'ri keldi. Qolaversa, bo'y va qulochdagi katta farq ham Hasanboyga qiyinchilik tug'dirdi. Ammo bu Do'smatov xaqiqatda mag'lub bo'ldi degani ham emas. Jangning dastlabki raundining ilk daqiqasida Do'smatov ko'proq aniq zarbalar yo'lladi. Ikkinchi yarmida esa Bibosinov nisbatan faolroq bo'ldi. Lekin uning zarbalari aksariyati Do'smatovning qo'lqopiga tegdi. Ikkinchi raundda to'laqonli ustunlik Do'smatovda bo'ldi. U har tomonlama faolroq va aniqroq ishladi. Hakamlar shunda ham unga to'liq raunddagi g'alabani berishmadi. Yakuniy raundda esa hujumga ko'proq etibor bergan holda qarshi zarbalar o'tkazib yubordi. Qaysidir manoda bunga dastlabki ikki raunddagi hakamlar qarori ham sabab bo'ldi. 3-raundda ustunlik Bibosinov tomonida bo'ldi. Umumiy jang esa nisbatan yaqin hisobda tugashi mumkin bo'lgan jang edi. 5:0 hisobida mag'lubiyatni to'g'ri bo'ldi deya olmayman».

Sardor Rahimov – sport sharhlovchisi

«Nohaqlik bo'ldi deb aytolmayman. Jang teng kurashlar ostida o'tdi. Saken ham yaxshi ishladi. Ayniqsa, birinchi raundda ko'plab vaziyatlarni o'z foydasiga hal qildi. Hasanboy juda agressiv harakat qildi, lekin zarbalarining aksariyati raqib himoyasiga tegdi. Hasanboy ko'proq harakat qildi. Bibosinov yomon jang qildi, nohaqlik bo'ldi deyolmayman. G'alabani u tarafga ham bu tarafga ham bersa bo'ladigan holat edi. Bu safar raqibga berildi. Bu jangni eng nohaq nuqtasi – bu uchrashuv ilk bosqichda bo'lganidir. Eng katta nohaqlik shu. Bunday darajadagi bokschilarni dastlabki bosqichdayoq uchrashtirish mumkin emas. Bu boksga nisbatan hurmatsizlik».

Ahmad Eshmatov – sport jurnalisti

«Hasanboy Do'smatov – Saken Bibosinov jangini bevosita arenadan turib kuzatdik. Bu jangda Hasanboy yutqazgani yo'q. 1-2 raundlarda hakamlar unga ochko bermadi, vaholangki, u har ikki raundda ham aniqroq harakat qilgandi, ko'proq zarba yo'llagandi. To'g'ri, bazi zarbalari manzilga etib bormadi. Aynan shu vaziyatlar hakamlarning ko'ziga ko'proq tashlangandir. Lekin Do'smatov har ikki raundani o'z foydasiga hal qilgan edi. Endi bu fikrni hamyurtimiz bo'lgani uchun aytmayapman, boks ko'zi bilan qaralganda bu jangda Hasanboy ustun edi».

Kamoliddin Alimov – Olamsport.com sayti bosh muharriri

«Jangda kim yutdi deb o'ylayman? Bibosinov emas har holda. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi.  AIBA hakamlik tizimini qayta ko'rib chiqishi kerak».


SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
28 okt 16:44:22
SPRINTERshashist
Бу хали бошланиши
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing