16 okt 19:54
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu jangni besh martacha qayta ko'rdim". Saul Alvares Krouforddan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares 2025 yil Terens Kroufordga qarshi jangda mag'lub bo'lgani haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Krouford hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan (115:113, 115:113, 116:112) va Alvaresni ikkinchi o'rta vazndagi (76,2 kg gacha) to'rtta jahon chempionlik kamarining barchasidan mahrum qilgan edi.
"Nima sodir bo'lganini tushunaman va o'z xatolarimni bilaman. Men revansh janglarini doim yaxshi o'tkazaman va bu jang yana tashkil etilishiga umid qilaman. Bu jangni besh martacha qayta ko'rdim. Juda tengma-teng kechgan jang bo'ldi. Oramizdagi farq katta emas edi", — deya Alvaresning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar