17 fev 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu meni havotirga solmoqda". Korme Ngannu - Uaylder ehtimoliy jangi haqida gapirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme Frensis Ngannu va Deontey Uaylder o'rtasida bo'lishi kutilayotgan ehtimoliy boks jangi haqida gapirdi.
"Odamlar Ngannuning Joshuaga qarshi jangi oldidan unga qanday ishonishganini eslaysizmi? Entoni Joshua esa ringda uni shunchaki "sezmadi". U umuman Frensisning bosimini his qilgani yo'q. Ngannuda prof boksda tajriba yo'qligi sabab shunday bo'ldi.
Ngannu Joshua bilan janggacha bunday talofat ko'rmagandi. U Joshua bilan jangdan so'ng juda yomon ko'ringandi. Uaylder bilan jangdan so'ng aynan o'sha holatlar meni havotirga solmoqda. CHunki Ngannu bu jangda himoyalanishi kerak", - dedi Korme.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar