04 iyu 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu mening divizionim". Isroil Madrimov yana Krouford bilan jang haqida gapirdi
Birinchi o'rta vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadigan hamyurtimiz Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi jang haqida gapirdi.
"Krouford ajoyib jangchi. Umuman olganda unda barcha narsa bor, ammo bu mening divizionim. Havaskorlarda men bundan ham yuqori vaznlarda jang qilganman, 165 funtda. Havaskorda 330 ta jangim bor. Professionalga o'tganimdan beri 154 funtda jang qilaman.
Barcha menda tajriba etishmasligi haqida gapirmoqda, chunki men prof ringda 11 ta jang o'tkazganman. Ammo bu mening divizionim. Raqibim mening vaznimga ko'tarilmoqda. Men Kroufordning mahorati haqida bilaman. Ammo men vaqtim kelayotganini ham his qilyapman", - dedi Madrimov.
Havola :
Manba : Fightnews
Fikrlar