07 jan 20:25
Yangiliklar
Futbol
Bu qiziq! Dunyoning eng boy futbolchisi "Lester"da o'ynayapti
Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxning jiyani, Faik Jefri Bolkiax, neft magnatining farzandi, "Lester" yoshlari safida o'ynamoqda.
U jahonning eng boy futbolisi hisoblanadi. OAV xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchiga kelajakda 20 milliard dollar miqdoridagi boylik qoladi.
Angliyaga 2009 yilda kelgan Faik Jefri Bolkiax "Sautgempton" bilan bir yillik shartnoma tuzgandi. Ammo bu klubda 4 yil o'ynab, 2013 yilda "Arsenal"ga ko'chib o'tdi. Keyingi yil "CHelsi" uni o'z safiga chorladi. 2016 yil yozida "Lester" bilan shartnoma tuzdi.
U hozircha Angliya premer-ligasida debyut qilgani yo'q. Bruney milliy terma jamoasi safida 9ta o'yin o'tkazgan. Yaqin orada uni butun dunyo bilib oladi.
Havola :
Fikrlar