So’nggi yangiliklar

10:04ЦСКАда Файзуллаевга Туркия клуби қизиққанига муносабат билдиришди 0 09:30Майкл Чендлер: "Махачев ва Топурия жангини кўриш қизиқ, лекин Илия алдаяпти" 0 08:55Афсус! "Ҳумо" Тошкентда ҳам "Торпедо"га мағлуб бўлди ва сериядаги ҳисоб тенглашди. Кейинги ўйин финал бўлади 0 08:30Қуръа ташланди: World Boxing ташкилотининг жаҳон кубогида қатнашадиган боксчиларимиз илк рақибларини билиб олишди 0 22:25"Манчестер Сити" Англия кубоги ярим финалига йўл олди, Абдуқодир Ҳусанов 1 тайм ўйнади 0 18:10Чарльз Оливейра: "Топурия шунчаки провокацияга уринмоқда. У ҳурматсизлик қиляпти" 0 17:37"Махачев Топуриядан қўрқмаётганлигини аниқ" - Кормье 0 17:16АПЛ клуби "Реал"дан Арда Гюлерни сотиб олмоқчи 0 16:55"Канелони нокаут қила оламанми? Албатта!" - Теренс Кроуфорд 1 16:34Хорхе Масвидаль битта жанг учун октагонга қайтишга тайёр 0 16:13Боб Арум Дана Уайт ва Турки ал Аш-Шейхнинг янги бокс Лигаси ҳақида фикр билдирди 0 15:52Гризманн Ла Лигада Мессининг рекордини янгилади + ВИДЕО 0 15:31Сауль Альварес Дэвид Бенавидесни кескин танқид қилди 0 15:10Дмитрий Чигирёв: "Мавсум аввалидаги мақсадимизга эришдик" (+ФОТО) 0 14:49Шара Буллет Дрикус Дю Плессини "тасодифий чемпион" деб ҳисоблайди 0

02 okt 14:43
Yangiliklar

Qiziqarli!

Bu qiziq! Siz bilmagan va ehtimol eshitmagan 10 ta sport turi haqida suhbatlashamiz

Zamonaviy dunyoda yangidan-yangi sport turlari paydo bo'lmoqda-ki, ularni ko'rib insonning aqli lol qoladi.

Bunday sport turlarining aksariyati muxlislarining ko'pligiga qaramay, soyada qolib ketmoqda.

Yangicha sport turlari biroz g'alati bo'lishiga mumkin, ammo ular sportni yanada rang-barang va qiziqarli qiladi. Keling, siz hali eshitmagan sport turlaridan 10 tasini ko'rib chiqamiz.

1. Suv ostidagi xokkey

Jarohatlarga sabab bo'ladigan muz ustidagi xokkey tezkor harakatlar va to'qnashuvlar bilan xususiyatlanadi. Agar mana shunga cho'kish xavfi ham qo'shilsa, muz ustidagi xokkey bolalar o'yinidek tuyuladi.

Ushbu suvosti o'yinining qoidalari xuddi ananaviysiga o'xshaydi. Yagona farqi o'yinchilar banan o'lchovidagi yog'och yoki plastik klyushkadan foydalanishadi va basseyn tagidagi metall shaybani harakatlantirishadi. O'yin avjiga chiqqanda u suv jangiga o'xshab ketadi.


2. Sport saunasi

Voajab, bu qanday sport bo'ldi ekan? Sportchilar saunada dam olmay, kimning yuzi terlashga chidamliligini sinovdan o'tkazishadi. Saunalar insonga xavf tug'dirishi mumkin, shuning uchun bellashuvlarda tez yordam navbatchilik qiladi.

Mazkur sport turining 2009 yilgi Jahon chempionatida rossiyalik sportchi qiz g'alaba qozongan. Turnir juda mashhur bo'lib, 2009 yilda 22 mamlakatdan 150 nafar sportchi ishtirok etgan. Ushbu sport turi juda murakkab bo'lib, sportchilar o'zlarini haqiqiy sinovdan o'tkazishadi.

Etibor bering, saunada doimiy ravishda 110 darajali harorat ushlab turiladi va har 30 soniyada par yuboriladi. Buning uchun qizib turgan toshga bir litr suv quyiladi. Saunada yotish va devorlarga suyanish mumkin emas. Aksincha, sportchidan saunadan mustaqil chiqish talab qilinadi.


3. Mobil telefonlarni uloqtirish

Kulgi o'z yo'liga, biroq mobil telefonlarni uloqtirish bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladi. Unda mukofot jamg'armasi ham bor. Eng qizig'i shundaki, g'olib nafaqat uloqtirish mahorati, balki uni sanatkorona bajarish qobiliyati bilan ham tanlanadi.

2008 yilda bu vazifani qoyilmaqom bajargani uchun g'oliblikka it erishgandi. Ha, to'g'ri o'qidingiz, kuchuk! Musobaqa ananaviy tarzda Finlyandiyaning Xelsinki shahrida o'tkaziladi. Mobil telefonlarni uloqtirish bo'yicha dunyo rekordi 95 metrni tashkil qiladi.

Turnir tashkilotchilari ushbu sport turini ommaga keng yoyish maqsadida mashhurlarni jalb qilishga urinishmoqda. Masalan, 2011 yil bahslarga Naomi Kempbell va Rassell Kroular taklif qilingan.


4. It qo'shilgan chanalarda qorsiz joydagi poyga

Ko'pchiligimiz uchun it qo'shilgan chanalar qarshimizda qish va qor bilan gavdalanadi. Lekin bu yangi sport turida itlar chanalarni qor ustida tortmaydi.

Ushbu spori turi allaqachon mashhurlikka erishgan. Oxirgi musobaqa Germaniyaning Rasted shahrida o'tkazilgandi. Unda 19 mamlakatdan 300 nafar sportchi ishtirok etgan. Turnirda polshaliklar faol ishtirok etib, 8 ta medalni qo'lga kiritishgandi, shundan 6 tasi oltin.

Norvegiya, Germaniya va CHexiyani ham faol ishtirokchilar qatoriga qo'shsa bo'ladi. Poyga maxsus chanalarda o'tkaziladi. CHananing sudraluvchi oyoqlari o'rniga g'ildiraklar o'rnatiladi.



5. Ot bilan uzoqlikka sakrash

Bu sport turida hatto Olimpiadada ham medallar o'ynalgan. To'g'ri, bunga ancha bo'lgan – 1900 yil, Parij. Musobaqa mazmuni juda oddiy – uzoqqa sakrash. Faqat bunda ot va chavandoz sakraydi. Hozir otlar bilan uzoqlikka va balandlikka sakrash Franciyada juda mashhur hisoblanadi. 

G'amxo'r francuzlar hozirda nafaqat chavandozni, balki tulporni ham etibordan chetda qoldirishmayapti. Uni ham sovg'a bilan siylashyapti. Ularga kechki ovqatda suli, makkajo'xori, no'xat, arpa, loviya, kepak, qizil lavlagi, sabzi va kartoshka ulashiladi.


6. Sepaktakrau

Mana bu suratga qarab turib, janubi-sharqiy Osiyoda mashhur bo'lgan bu sport turi o'zida karate va voleybolning aralashmasini mujassam qilgan deb o'ylagan bo'lsangiz haqiqatdan uzoq ketmagansiz. O'yinchilar quritilgan palma barglaridan qilingan to'pga tashlanishadi. O'yin o'zining G'arbdagi ananaviy ko'rinishiga o'xshab ketadi.

Sepaktakrau SHarqiy Osiyoda keng ommalashgan bo'lib, 80-yillar oxiri va 90-yillarda SHimoliy Amerikada ham mashhur bo'lgan.

Xuddi Amerika futboli kabi sepaktakrau o'yinchilari to'pni faqatgina bosh yoki oyoq bilan harakatga keltirishadi. O'yin badminton korti o'lchovidagi maydonda o'tkaziladi. Uchta o'yinchidan iborat ikki jamoa to'pni iloji boricha o'yinda saqlab turishga intiladi. Ochkolar xuddi voleyboldagi kabi hisoblanadi.


7. It bilan raqsga tushish

It bilan raqsga tushish sportdan ko'ra ko'proq sanat turiga o'xshaydi. U o'zida shug'ullanish, eshitish va raqs elementlarini jamlagan.

Balki kimlar uchundir bu bir vaqt o'tkazishga o'xshar, biroq ushbu sport turi bilan juda ko'plab davlatlarda, xususan AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiyada istiqomat qiluvchi it egalari shug'ullanishadi. Xullas, agar siz raqsga tushish uchun o'zingizga ideal sherik qidirayotgan bo'lsangiz, enciklopediyani ochib it zotlarini ko'zdan kechirishingiz lozim.


8. Ko'cha lyuji

Bu sport turi o'zida bittalik chana va trotuarni jamlagan. Ishtirokchilar bitta odam sig'adigan qilib ishlangan katta skeytbord taxtasiga yotishadi. Qolgan ishni tortishish kuchi bajaradi.



9. Kviddich

Garri Potter kitoblaridagi kabi kviddich sehr, chaqqonlik va biroz vahshiylikni talab qiladi. Kviddichni hayotda o'ynash mumkin emas, deb o'ylayapsizmi? Biroq Garri Potterning muxlislariga fizika qonunlari to'sqinlik qila olmaydi. Bu insonlar sehr kuchisiz, lekin o'yinning bor zavqini saqlab qolgan holda kviddichning yangicha ko'rinishini o'ylab topishdi. 

Vermont shtatidagi Middlberi kollejida tashkil topgan Xalqaro associaciya bor yo'g'i bir necha yil o'tib har qanday qitada uchrovchi yuzlab jamoalarni o'z ichiga olgan tizimga aylandi. O'yindagi qoidalar va ochkolar hisoblanishi xuddi kitobdagiday bo'lib, yagona farqi supurgida hech kim uchmaydi.



10. Turmush o'rtog'ini ko'tarish

Ayoli bilan poyga (finlyandcha, Yeukonkanto)da o'yin quyidagicha kechadi. Erlar har qanday to'siqni ayoli bilan birga engib o'tadi, bu payt ayol teskari holda erining bo'yni va beliga osilib turadi.    

SHon-sharaf – g'oliblarga beriladigan yagona sovg'a emas. Jahon chempionatida g'alaba qozongan kishini ayolining og'irlig'i miqdoridagi pivo bochkasi kutib turadi. 

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing