23 fev 12:45
Yangiliklar
Gimnastika

Bu yil 50 yoshga to'ladigan Oksana CHusovitina jahon Kubogida bronza medalini qo'lga kiritdi
Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo'yicha jahon Kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, unda 49 yoshli afsonamiz, 1992 yilgi Olimpiada chempioni Oksana CHusovitina o'zining sevimli tayanib sakrash yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi. Hamyurtimizning chiqishi 13,249 ball bilan baholandi.
Oltin medal 13,299 ball bilan sloveniyalik gimnast Teya Belakka nasib etdi. Uning vatandoshi Tyasa Kisselef esa 13,266 ball natija bilan kumush medalga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar