29 okt 13:05
Yangiliklar
Futbol

Bu yil oliy ligada umuman ishlamagan Valentin Kovalenko “Suzuki” kubogida hakamlik qiladi.
O'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko hamda yordamchi hakam Andrey Capenko shu yilning noyabr oyida o'tkaziladigan “Suzuki” kubogini boshqarib borish uchun taklif etilishdi.
Ushbu musobaqa 19-25 noyabr kunlari Filippinning Manila va Bulakan shaharlarida bo'lib o'tadi.
Takidlash kerakki, musobaqada 8 jamoa ikki guruhga bo'ligan holda ishtirok etadi.
“A” guruhidan Singapur, Tailand, Indoneziya va Filippin jamoalari joy olgan bo'lsa, “B” guruhida Vetnam, Kamboja,Malayziya va Myanma o'rin olgan.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar