16 mar 14:47
Yangiliklar
SHaxmat
Bu yilgi SHaxmat Olimpiadasi qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi
Butunjahon shaxmat federaciyasi (FIDE) 44-shaxmat Olimpiadasi o'tkaziladigan yangi joyni elon qildi.
Nufuzli turnirga Hindistonning CHennay shahri mezbonlik qiladi.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasining taxminiy sanalari joriy yilning iyul oyi oxiri va avgust oyining boshlariga to'g'ri keladi. Aniq sanalar keyinroq elon qilinadi.
Musobaqalar aslida Rossiya poytaxti Moskva shahrida 2022 yilning 26 iyuldan 8 avgustga qadar bo'lib o'tishi kerak edi, biroq FIDE Ukrainadagi voqealar tufayli Olimpiada o'tkaziladigan joyni ko'chirishga qaror qildi.
Har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan turnirning navbatdagisi 2024 yil Budapeshtda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun davogarlik qilishi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar