21 may 16:52
Yangiliklar
Futbol

Buffon Berluskoni klubiga o'tishi mumkin
Janluiji Buffon mavsum so'nggida "Yuventus"dan ketadi.
43 yoshli darvozabon Silvio Berluskoni egalik qiladigan "Monca"ga o'tishi mumkin. Ushbu klub bosh direktori Adriano Galliani Buffon bilan aloqaga chiqdi.
Janluiji Buffon Italiya Kubogiga ega chiqqanidan so'ng, 43 yoshida qabul qiladigan taklifi "nostandart, g'alati yoki hatto aqlbovar qilmas" loyiha bo'lishi kerakligini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, "Monca" A Seriya chiptasi uchun bo'lib o'tadigan pley-off finaliga chiqa olmadi. Berluskoni jamoasi kelasi mavsumni yana B Seriyada o'tkazadi.
Havola :
Manba : Il Corriere della Sera
Fikrlar