09 okt 08:17
Yangiliklar
Futbol

Buffon va De Rossi yana termaga qaytishi mumkin
"Yuventus" darvozaboni Janluijji Buffon va "Boka Xuniors" azosi Daniele De Rossi yana Italiya terma jamoasiga qaytishi mumkin, deya xabar qiladi Gazzetta dello Sport.
Faqat bu "Skuadra Azzurra" Evro-2020 yo'llanmasini muddatidan oldin hal etsagina ro'y berishi mumkin.
Voqealar rivoji shunday ko'rinish oladigan bo'lsa, u holda Buffon hamda De Rossi terma libosida hayrlashuv uchrashuvini o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi.
Italiya Evro-2020 saralashining "I" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Roberto Manchini shogirdlari o'tgan 6-tur bahslarida yuz foizlik natija ko'rsatgan holda 18 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.
Havola :
Fikrlar