28 iyu 18:02
Yangiliklar
Futbol

Buffon "Yuventus" bilan kelishib oldi
Darvozabon Janluiji Buffon "Yuventus"ga qaytadi.
Bu haqda jurnalist Romeo Agresti o'zining "Twitter" sahifasida malum qildi.
41 yoshli posbon Turin klubi bilan 1 yillik kelishuvga erishdi. Uning maoshi 1,5 million evroni tashkil etadi.
Buffonning shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlangandan so'ng, "Yuve" posbonni tekinga qo'lga kiritadi.
Buffon yakunlangan mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, aynan shuncha gol o'tkazib yubordi. Oldinroq, Janluiji "Yuventus"da 2011 yildan 2018 yilgacha harakat qilgan.
Italiyalik posbonning xizmatlariga "Atalanta" va "Lids" klublari ham qiziqayotgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar