So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

19 iyu 12:18
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun 105 000 dollar mukofot jamg'armasiga ega UzChess Cup turniri boshlanadi

Birozdan so'ng poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan yana bir nufuzli turnir start oladi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat bo'lib, Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkaziladi. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, o'zimizning qorako'z grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov chempionlik hamda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boradi.      

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynaladigan ushbu xalqaro turnirga qura tashlanib, 9 tur uchun barcha juftliklar malum bo'ldi. Bugun soat 14:30 da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda SHamsiddin Vohidovga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa qora donalarda Yan Nepomnyashiy bilan hisob-kitob qiladi. 

Turnirning Challengers guruhida Gulruhbegim Tohirjonova ham ishtirok etadi. U o'ziga xos o'zbek derbisida Jahongir Vohidovga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Bu guruhda hamyurtlarimizdan Muhiddin Madaminov va Muhammadzohid Suyarov ham bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing