20 sen 07:57
Yangiliklar
Tennis

Bugun Abduraimova dunyoning 46-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Neva Cup 2017 turnirida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Bugun hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibasi dunyoning 46-raketkasi xorvatiyalik Donna Vekich bo'ladi.
Taqqoslash uchun,
Abduraimova dunyo reytingida 309-pog'onadan joy olgan. Nigina ilk davrada
rossiyalik Polina Leykinani 6:1, 2:6, 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Vekich esa yana
bir mezbon tennischi Veronika Kudermetovadan 7:6(5), 6:7(4), 6:4 hisobida ustun
kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar