So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

12 okt 11:55
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Abdusattorov va Sindarov jamoalari finalda Global Chess League bosh sovrini uchun o'ynaydi

Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Global Chess League 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi bir million AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada tarkibiga jami 36 nafar mashhur grossmeysterni jamlagan 6 ta jamoa bosh sovrin uchun bahslarga kirishgandi. Bugun ushbu turnirda hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkaziladi. 

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'ynayotgan jamoalar final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Tarkibida Nodirbek Abdusattorov bo'lgan PBG Alaskan Knights jamoasi muddatidan avval final chiptasini qo'lga kiritib ulgurgandi. SHunga qaramay, PBG Alaskan Knights kecha Hikaru Nakamura boshchiligidagi American Gambits jamoasini yirik 14:5 hisobida dog'da qoldirdi. Abdusattorov qora donalarda polshalik Yan-Krishtoff Dudek bilan durang o'ynadi. 

Ikkinchi finalchi nomini aniqlab bergan uchrashuvda esa Javohir Sindarov qahramonga aylandi. Aynan uning so'ngi uchrashuvdagi g'alabasi Triveni Continental Kings jamoasini finalga olib chiqdi. Triveni Continental Kings Magnus Karlsen sardorligidagi Alpine Sg Pipers jamoasini 9:7 hisobida engdi. Javohir belgiyalik grossmeyster Daniel Dardani 3:0 hisobida taslim eta oldi. Sardorlar o'rtasidagi uchrashuvda esa Magnus Karlsen Alireza Firuzjadan 4:0 hisobida ustun keldi. 

Demak, bugun Global Chess League 2024 bosh sovrini Nodirbek Abdusattorovning Alaskan Knights jamoasi Javohir Sindarov o'ynayotgan Triveni Continental Kings jamoasiga qarshi bahs olib boradi. CHempion jamoa 500 000 AQSH dollarini qo'lga kiritadi. Bonus sifatida yana 50 000 dollar chempion jamoaga taqdim etiladi. Ikkinchi o'rin sohiblari 250 000, uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan jamoalar esa 100 000 AQSH dollariga ega bo'ladi.  

PBG Alaskan Knights jamoasi tarkibi: Anish Giri (Niderlandiya), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Tan CHjuni (Xitoy), Alina Kashlinskaya (Polsha), Nihal Sarin (Hindiston)

Triveni Continental Kings jamoasi tarkibi: Alireza Firuzja (Franciya), Vey Yi (Xitoy), Teymur Rajabov (Ozarbayjon), Aleksandra Kostenyuk (SHveycariya), Valentina Gunina (Rossiya), Javohir Sindarov (O'zbekiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing