So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

14 jan 13:30
Yangiliklar

Futbol

Bugun Afrika millatlar kubogi start oladi

Teglar :  FutbolAfrikaGabon
Bugun, 14 yanvar kuni Gabon mamlakatida hisob bo'yicha 31-Afrika millatlar kubogi musobaqasi boshlanadi.

Unda qora qitaning eng kuchli 16ta terma jamoasi bosh sovrin uchun kurash olib boradi. CHempion shu yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederaciyalar kubogi musobaqasida ham ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi. 

Musobaqa o'yinlari Gabon mamlakatining to'rt shahrida joylashgan to'rt stadionda bo'lib o'tadi. Bahslar bo'lib o'tadigan shahar va stadionlar: 

Librevil - "Stad De Amitie" (40000 tomoshabin)
Francevil - "Stad De Francevil" (22000)
Oyem - "Stad D'Oyem" (20000)
Port-Jentil - "Stad De Port-Jentil" (20000)


Musobaqada ishtirok etish bo'yicha Misr terma jamoasi mutloq rekordchi. "Firavnlar" bu yil 23-marta qita kubogida qatnashishadi. Undan keyingi o'rinlarda Kot-d’Ivuar (22 marta) va Gana (21 marta) jamoalari qayd etilishgan. Gvineya-Bisau terma jamoasi bu yil ilk bor Afrika kubogi final bosqichida ishtirok etadi. Uganda esa 1978 yildan beri musobaqada ilk bor qatnashadi. 

Misr terma jamoasi chempion bo'lishda ham qitada rekordchi. Bu terma jamoa 7 marta Afrikada tengsiz bo'lgan. So'nggi bor Misr 2010 yilda chempionlikka erishgandi. Gana hamda Kamerun terma jamoalari 4 martadan chempionlikni nishonlashgan. 

Bu yilgi musobaqada ishtirok etayotgan yana DR Kongo, Marokash, Jazoir, Kot-d’Ivuar va Tunis terma jamoalari ham kamida bir martadan Afrika kubogini qo'lga kiritishgan. 



So'nggi Afrika kubogi bundan ikki yil oldin Ekvatorial Gvineyada bo'lib o'tgandi. O'shanda Kot-d’Ivuar terma jamoasi finalda Ganani penaltilar seriyasida mag'lub etib chempionlikka erishgandi. Ayni paytda Yaya Ture va Dide Drogbaning sobiq jamoasi Afrikaning amaldagi chempioni hisoblanadi

AFRIKA MILLATLAR KUBOGI-2017

"A" guruhi: Gabon, Burkina-Faso, Kamerun, Gvineya-Bisau
"V" guruhi: Jazoir, Tunis, Senegal, Zimbabve
"S" guruhi: Kot-d’Ivuar, DR Kongo, Marokash, Togo
"D" guruhi: Gana, Mali, Misr, Uganda 

1-tur
14 yanvar 

21:00 - Gabon - Gvineya-Bisau
23:55 - Burkina-Faso - Kamerun 

15 yanvar 
21:00 - Jazoir - Zimbabve
23:55 - Tunis - Senegal

16 yanvar 
21:00 - Kot-d’Ivuar - Togo
23:55 - DR Kongo - Marokash

17 yanvar
21:00 - Gana - Uganda
23:55 - Mali - Misr

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing