18 apr 07:01
Yangiliklar
Bugun Alisher Yusupov, Muzaffarbek To'raboev va yana 5 dzyudochimizdan medallar kutamiz
Bugun erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vaznlarda medallar uchun tatamiga chiqadi.
Terma jamoamizning etti nafar azosi ham qita chempionatini yuqori notada yakunlash uchun bor mahoratini ishga soladi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlari Muzaffarbek To'raboev va Alisher Yusupov ham bor.
Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:
-78 kg: Marjona Ko'chimova — Van CHe-Si (Xitoy Taypeyi)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Ishrup Narang (Hindiston)
+78 kg: Umida Nig'matova — Adiyasuren Amarsayhan (Mo'g'uliston)
-90 kg: Nurbek Murtozoev — Bu Hebi Lige (Xitoy)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Jalasay Jalasay (Xitoy)
+100 kg: Alisher Yusupov — Dai YU-Ming (Koreya Respublikasi)/Perenleyjamts Usuhbayar (Mo'g'uliston)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev — Magomedomar Magomedomarov (BAA)





Fikrlar