22 noy 08:49
Yangiliklar
Bugun amaldagi jahon chempioni ochko yo'qotsa, “toj” yangi sohibasining qo'liga o'tadi
Jahon chempionatining sovrin jamg'armasi 450 000 AQSH dollarini tashkil qiladi va g'olib shaxmatchi 60 000 dollarga ega bo'ladi. Amaldagi jahon chempioni xitoylik Ju Ven Jun rossiyalik Katerina Lagnoga qarshi kechayotgan final bahsida juda qiyin holatga tushib qoldi.
Lagno finalning uchinchi partiyasida qora donalarda harakat qilib, durangga imzo chekdi. Bundan oldinga partiyada g'alaba qozongani Lagnoga ustunlik taqdim etgan. Agar bugun oq donalarda o'ynaydigan Katerina raqibasini mag'lubiyatga uchratsa, jahon chempioniga aylanadi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, finalda birinchi bo'lib 2,5 ochko jamg'argan shaxmatchi jahon tojini qo'lga kiritadi. Bugungi to'rtinchi partiya oldidan Katerina Lagno amaldagi jahon chempioninini 2:1 hisobida mag'lub etmoqda.
Fikrlar