25 noy 08:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Astanada o'zbek derbisi: Istomin - Ismoilov
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Bugun Astana Challenger “Capital Cup” turnirining yakkalik bahslarida yarim final, juftliklar musobaqasida esa hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, yakkalik bahslarining yarim finali o'zbek derbisiga aylanadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin yana bir terma jamoamiz azosi Temur Ismoilovga qarshi kortga chiqadi.
Etiborlisi, dunyo reytingida 528-pog'onadan joy olgan Ismoilov musobaqa kashfiyotiga aylandi. U avvaliga dunyo reytingida 175-o'rinni egallab turgan rossiyalik Aleksandr Kudryavcev, keyin esa yana bir rus tennischisi, reytingda 214-pog'onadan joy olgan Aleksandr Bublikni mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar