17 okt 16:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun besh nafar bokschimiz jahon chempionatidagi o'z yurishini boshlaydi
CHernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi janglari boshlanish arafasida.
Bugun dunyo birinchiligining ikkinchi kuni O'zbekiston yoshlar terma jamoasining besh nafar vakili ringga chiqadi. Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.
Kecha turnirning dastlabki kungi bahslarida ikki bokschimiz ishtirok etib, g'alaba qozongandi.
Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: SHodiyona Meliqo'zieva - Joyshri CHirom (Hindiston) A ring, 17:15
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov - Akaki Basaria (Gruziya) A ring, 18:15
-90 kg: Asadbek Sultanboev - Norman Simmons (Panama) A ring, 19:15
-65 kg: Aselya Tulegenova - Bennielis Perez (Venesuela) B ring, 21:15
-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Bogdan SHashlikou (Belarus) B ring, 22:45.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar