29 dek 13:10
Yangiliklar
Bugun Blic bo'yicha jahon chempionati boshlanadi. SHaxmatchilarimiz uchun 1-tur juftliklari
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlati vakillari orasida O'zbekiston terma jamoasining 15 nafar shaxmatchisi ham ishtirok etmoqda. Rapid bahslarida sovrinli o'rinlarsiz qolgan hamyurtlarimiz endi bor etiborini blic, yani tezkor shaxmat musobaqasiga qaratadi.
Blic bo'yicha jahon chempionati ikki kun davom etadi hamda 15 tur yakunlariga ko'ra g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
SHaxmatchilarimizning Blic bahslaridagi 1-tur uchrashuvlari:
Erkaklar:
Javohir Sindarov (2632) – Iniyan Pa (Hindiston, 2444)
Jan Emre (Turkiya, 2502) – Nodirbek Abdusattorov (2768)
Arjun Ergaisi (Hindiston, 2749) – Muhammadzohid Suyarov (2499)
Humoyun Begmuratov (2406) – Rudik Makaryan (FIDE, 2601)
Mamikon Garibyan (Armaniston, 2365) – SHamsiddin Vohidov (2578)
Mohamed Tissir (Marokash, 2287) – Nodirbek Yakubboev (2564)
Jahongir Vohidov – Rao SHaran (Hindiston, 2255)
Konstantin Peyrer (Avstriya, 2533) – Islombek Sindarov (2115)
Muhiddin Madaminov (2514) – Meshal Alsaqer (Kuvayt, 1814)
Ayollar:
Nilufar Yakubbaeva (2149) – Elina Danielyan (Armaniston, 2373)
Antoaneta Stefanova (Bolgariya, 2367) – Madinabonu Xalilova (2140)
Gulruhbegim Toxirjonova (2133) – Bella Xotenashvili (Gruziya, 2342)
Umida Omonova (2278) – Olde Margaret (Estoniya, 2063)
Guldona Karimova (1991) – Nino Baciashvili (Gruziya, 2247)
Afruza Hamdamova (2227) – Mariya Zvereva (Polsha, 1942)

Fikrlar