29 dek 11:28
Yangiliklar
Bugun blic yo'nalishida jahon chempionati boshlanadi
King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasida 55 davlatdan 200 nafardan ziyod dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti.
Bugun blic yo'nalishida jahon chempionati bahslari start oladi. Toshkent vaqti bilan soat 16:00da bugunga belgilangan uchrashuvlar boshlanadi. Mazkur jahon chempionatida o'zbekistonlik ikki grossmeyster – 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov (2679) va Gulruhbegim Tohirjonova (2171) yurtimiz sharafini himoya qilishyapti.
Eslatib o'tamiz, kecha jahon chempionatida rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha bahslar yakunlandi. Xotin-qiz shaxmatchilar o'rtasidagi bahslarda xitoylik Czyuy Venczyun 11,5 ochko to'plab, jahon chempioniga aylandi. Erkaklar o'rtasida hindistonlik Vishvanatan Anand chempion bo'ldi.
Fikrlar