So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

22 iyu 10:31
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Dubayda Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ishtirokidagi turnir boshlanadi

Bugun BAAning Dubay shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Global Chess League "Tech Mahindra" turniri start oladi.

Musobaqada jahonning etakchi shaxmatchilari turli jamoalar tarkibida o'yinlar o'tkazishadi. 

Avval xabar berganimizdek, ushbu nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov v Javohir Sindarov ham ishtirok etadi. Bahslar rapid yo'nalishida jamoaviy tarzda tashkil etiladi. Global Chess League ikki davrali turnir bo'lib, unda 6 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.  

Nodirbek Abdusattorov "Balan Alaskan Knights", Javohir Sindarov esa "UpGrad Mumba Masters" jamoasi tarkibida o'yinlar o'tkazishadi. 

Bugun 1-tur doirasida Javohir Sindarov "UpGrad Mumba Masters" tarkibida "Triveni Continental Kings" bilan bellashadi. Javohir o'z o'yinini daniyalik Yonas Bal Berrega qarshi o'tkazadi. 


Nodirbek Abdusattorov o'ynayotgan "Balan Alaskan Knights" esa musobaqani ertaga, 23 iyun kuni "SG Alpine Warriors"ga qarshi boshlaydi. Nodirbek mazkur qarama-qarshilikda 2-stolda hindistonlik Gukeshga qarshi o'ynaydi. 

Ertaga shuningdek 2-turda har ikki hamyurtimizning jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Unda Abdusattorovga rossiyalik Aleksandr Grishuk raqib bo'ladi. Sindarov esa hindistonlik Raunak Sadvani bilan o'zaro hisob-kitob qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing