19 okt 10:37
Yangiliklar
Futbol

Bugun Eldor SHomurodov Italiya chempionatida debyut qilishi mumkin
Bugun Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi "Verona" va "Jenoa" o'yini bo'lib o'tadi.
Eldor SHomurodov bugungi o'yinda katta ehtimol bilan debyut qiladi. Ko'plab xorij saytlari, jumladan italyan nashrlari ham hamyurtimizning asosiy tarkibda tushishini kutmoqda.
"Verona" o'z uyida "Jenoa"ni qabul qiladi. Mezbonlar o'tgan 3 turdan so'ng 2ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat qayd etishgan. Genuyaliklar hisobida esa 2ta o'yindan so'ng 3 ochko bor (1ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat).
Eslatib o'tamiz, "Verona" - "Jenoa" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar