31 may 13:23
Yangiliklar
Futbol

Bugun "Energetik-BGU" o'ynaydi, Yaxshiboev esa maydonga tushmaydi
Bugun Belarus chempionati 11-turi doirasidagi uchrashuvlar davom ettiriladi.
Bugungi kun dasturidan o'rin olgan bahslarni "Energetik-BGU" - "Vitebsk" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv ochib beradi.
"Energetik-BGU" tarkibida bugun diskvalifikaciya sababli Jasur Yaxshiboev ko'rinish bermaydi, SHahboz Umarov esa asosiy tarkibda o'ynashi kutilmoqda. Ayni damda Jasur Yaxshiboev hamda Gegam Kadimyanlar 7 tadan gol urib, chempionat to'purari bo'lib turishibdi.
Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" turnir jadvalida 21 ochko to'plagan holda uchinchi, "Vitebsk" esa 13 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar