29 iyu 12:07
Yangiliklar

Bugun Esports World Cup Chess start oladi. Ilk turdayoq Abdusattorov - Magnus Karslen qarama-qarshiligi
Esports World Cup Chess turnirining asosiy ishtirokchilari safiga saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib olgan Javohir Sindarov ham qo'shilgandi. Bugundan boshlanadigan turnirda Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suradi. Abdusattorov NAVI, Sindarov esa Team Vitality jamoasi nomidan musobaqada ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, Nodirbek ilk turdayoq qora donalarda jahon tojdori, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan o'ynaydigan bo'ldi. Javohir esa oq donalarda yana bir reyting etakchilaridan biri, amerikalik Hikaru Nakamura bilan hisob-kitob qiladi.
Bugun va ertaga guruh o'yinlari o'tkaziladi. 31 iyul kuni pley-off, 1 avgust kuniga esa final uchrashuvi belgilangan. Saralash o'yinlari 4 ta guruhda tashkil etiladi.
Fikrlar