So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

02 dek 13:08
Yangiliklar

Futbol

Bugun Evro-2020 saralashiga qura tashlanadi

Teglar :  Evro-2020Futbol
Yana bir necha soatlardan keyin 55 milliy terma jamoa Evro-2020 saralash bosqichidagi o'z raqiblari nomini bilib olishadi.

Yana bir necha soatlardan so'ng Irlandiyaning poytaxti Dublin shahrida Evro-2020 musobaqasining saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi va 55 milliy terma jamoa guruhdagi o'z raqiblari nomini bilib olishadi.

Millatlar Ligasi guruh bosqichida qayd etgan natijalariga ko'ra Evropaning 55 milliy terma jamoasi quyidagicha savatlarga taqsimlandi:  

Millatlar Ligasi savatchasi: SHveycariya*, Portugaliya*, Gollandiya*, Angliya*.

Birinchi savat: Belgiya, Franciya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Polsha

Ikkinchi savat: Germaniya, Islandiya, Bosniya va Gercegovina*, Ukraina*, Daniya*, SHveciya*, Rossiya, Avstriya, Uels, CHexiya.

Uchinchi savat: Slovakiya, Turkiya, Irlandiya, SHimoliy Irlandiya, SHotlandiya*, Norvegiya*, Serbiya*, Finlyandiya*, Bolgariya, Isroil.

To'rtinchi savat: Vengriya, Rumyniya, Greciya, Albaniya, CHernogoriya, Kipr, Estoniya, Sloveniya, Litva, Gruziya*.

Beshinchi savat: Makedoniya*, Kosovo*, Belorussiya*, Lyuksemburg, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Moldova, Gibraltar, Farer orollari.

Oltinchi savat: Latviya, Lixtenshteyn, Andorra, Malta, San-Marino.


*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g'oliblari o'zlari uchun kamida o'tish o'yinini kafolatlab qo'yishgan.

Millatlar Ligasining A-D guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar iyun oyida yarim final uchrashuvlarida harakat qilishadi.

Saralash bosqichida 10ta guruh bo'lib,  5 va 6tadan jamoa ishtirok etadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan termalar Evro-2020 musobaqasi yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Qolgan 4 yo'llanma egasi 2020 yil mart oyida Millatlar Ligasi guruh g'oliblari o'rtasida o'tkaziladigan o'tish o'yini yoki jamoalarning reytingdagi pog'onasi orqali aniqlab olinadi.  

UEFA Ijroqo'mi qaroriga ko'ra, quyidagi jamoalar bir guruhdan  o'rin olishmaydi:
Gibraltar va Ispaniya, Bosniya va Gercegovina va Kosovo, Serbiya va Kosovo.

 

Qura Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing