02 iyu 08:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev Andijonda final chiptasi uchun kortga chiqadi
Andijon shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Hamyurtimiz Sanjar Fayziev dunyoning o'ndan ortiq davlati tennischilari ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning birinchi raketkasi sifatida g'oliblik uchun kurashni davom ettiryapti.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bugun final chiptasi uchun belaruslik Dmitriy Jirmontga qarshi kortga chiqadi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilayotgan Jirmont kecha hamyurtimiz Temur Ismoilovni mag'lub etgandi.
Sanjar Fayziev esa kecha 57 daqiqa davom etgan chorak final bahsida yana bir hamyurtimiz Pavel Coydan 6:2, 6:1 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar