06 dek 11:20
Yangiliklar
Tennis
Bugun Fayziev Dohadagi ishtirokini boshlaydi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham ishtirok etadi. Terma jamoamiz azosi turnirning to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Bugun hamyurtimiz ilk davrada italiyalik Mirko Kutiliga qarshi kortga chiqadi. Kutili saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan. Yana bir vakilimiz Saidalo Saidkarimov esa saralash bahslarida mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar