20 apr 09:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev va Ismoilov yarim finalga chiqishga urinib ko'radi
Buxoro shahridagi “Dilkusho” kortlarida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning asosiy to'rida 12 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagandi. Ulardan bor yo'g'i 2 nafari chorak finalga etib keldi.
Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev va Temur Ismoilov bosh mukofot uchun kurashni davom ettirishyapti. Bugun Ismoilov chorak final bahsida turnirning birinchi raketkasi, qozog'istonlik Dmitriy Popkoga qarshi kortga chiqadi.
Musobaqa g'olibligi uchun asosiy davogarlardan biri Sanjar Fayziev esa ukrainalik Vadim Ursu bilan hisob-kitob qiladi. Fayziev turnirning oltinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar