23 sen 07:05
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev va Sultonov CHimkentda final chiptasi uchun kurashadi
Qozog'istonning CHimkent shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun turnirning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev turnirning to'rtinchi raqamli ishtirokchisi, estoniyalik Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqadi.
Yana bir tennischimiz, 17 yoshli Humoyun Sultonov esa final yo'llanmasi uchun rossiyalik Ivan Davidov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. U ikkinchi bosqichda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Viktor Baludani 7:6(5), 6:3 hisobida engib, o'ziga xos shov-shuv ko'targan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar