14 sen 11:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fomin Qohirada chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Misr poytaxti Qohira shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Egypt Men's Futures musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ushbu turnirda istedodli tennischimiz Sergey Fomin ham ishtirok etyapti.
Bugun Fomin ikkinchi davra uchrashuvida Tomas Breshemega qarshi kortga chiqadi. Franciyalik raketka ustasi dunyo reytingida Sergeydan deyarli 600 pog'ona yuqorida joylashgan.
Eslatib o'tamiz, 16 yoshli Sergey Fomin kecha 1 soatu 5 daqiqa davom etgan ilk bosqich uchrashuvida chexiyalik Alessandro Richchini ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar