22 mar 13:36
Yangiliklar
Xokkey

Bugun "Humo" 1/2 finalning to'rtinchi o'yinini o'tkazadi
Bugun xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionatining 1/2 finalidan o'rin olgan "Humo" va "Torpedo" jamoalari o'rtasidagi to'rtinchi o'yin bo'lib o'tadi.
Hozircha seriyada uchta o'yin o'tkazilgan va ushbu uchrashuvlar yakuniga ko'ra, "Humo" 2:1 hisobida oldinda bormoqda. Seriyadagi o'yinlar 4 ta g'alabagacha davom etadi.
Bugun soat 17:00 da "Humo Arena"da to'rtinchi o'yin tashkil etiladi. Agar ushbu bahsda ham "qanotlilar" g'alaba qozonishsa, 26 mart kuni bo'ladigan beshinchi uchrashuv biz uchun so'nggisi bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar