24 fev 10:31
Yangiliklar

Bugun "Humo" pley-offning uchinchi uchrashuvida "Gornyak" mehmoni bo'ladi
Bugun bizning vaqt bilan soat 19:00da jamoalar o'rtasidagi uchinchi uchrashuv bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda "Humo" ajoyib kambek evaziga 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni g'alabaga aylantirgandi - 5:3! Ikkinchi uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan, overtaymda esa Vyacheslav Litovchenko "qanotlilar"ga g'alaba taqdim etgandi.
Rudniyga yo'l olgan "Humo" tarkibi:
Darvozabonlar: Konstantin Kozlovskiy, Egor SHpak, Gleb Moiseev
Himoyachilar: Edgars Siksna, Stanislav Borovikov, Egor Arbuzov, Artyom Malcev, Egor Zebzeev, Dmitriy SHulenin, Dmitriy Savrickiy, Ivan Stepanenko, Emil Malishev.
Hujumchilar: Vadim Kravchenko, Denis Ludcev, Andrey Buyalskiy, Andrey Pavlenko, Artyom Lixotnikov, Danila Karaban, Radel Fazleev, Aleksandr SHevchenko, Aleksandr Derbenyov, Vyacheslav Litovchenko, Javohir Rasulov, Vladislav Dyukarev, Egor Buyalskiy, Vasiliy Jilov, Dmitriy Grenc, Egor Dorofeev.
Fikrlar