27 jan 16:10
Yangiliklar
Xokkey
Bugun "Humo" "Rostov" mehmoni bo'ladi
Toshkentning "Humo" jamoasi bugun Oliy xokkey ligasining navbatdagi tur uchrashuvida muzga chiqadi.
Evgeniy Popixin shogirdlari Rossiyaning "Rostov" klubi mehmoni bo'lishadi. O'tgan turda "Humo" mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'yib, Voronejning "Buran" jamoasidan 2:1 hisobida ustun kelgandi.
"Rostov" - "Humo" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. Bugungi o'yin oldidan "Humo" 53 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. "Rostov" esa 39 ochko bilan 13- pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar