26 jan 13:41
Yangiliklar
Xokkey
Bugun "Humo" Toshkentda o'yin o'tkazadi
Xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionati davom ettiriladi.
Jumladan, Toshkentning "Humo" klubi o'z uyida "Arlan"ni qabul qiladi. O'yin soat 17:00da "Humo Arena"da boshlanadi.
Mazkur uchrashuv oldidan "Humo" 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, uchinchi pog'onadagi "Arlan" hisobida 49 ochko bor.
Jamoalar shu kungacha 20 marotaba to'qnash kelgan, ularning 11 tasida "Arlan", qolganida esa "Humo" vakillari zafar quchgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar