26 noy 12:38
Yangiliklar
Xokkey
Bugun "Humo" Toshkentda "Torpedo"ni qabul qiladi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun Qozog'iston Ochiq chempionatining navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazadi.
Ushbu bahsda xokkeychilarimizga Ust-Kamenogorskning "Torpedo" jamoasi raqiblik qiladi. "Humo Arena"dagi uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
Malumot uchun, "Humo" ayni paytda 22 ta o'yindan so'ng 30 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. "Torpedo" esa 22 ta o'yin o'tkazgan hamda 13ochkoga ega. Hozirda jamoa musobaqada so'nggi o'n birinchi o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar