25 noy 09:27
Yangiliklar
Xokkey
Bugun "Humo" Xitoydagi ikkinchi o'yinini o'tkazadi
Bugun Toshkentning "Humo" jamoasi VXL doirasidagi 27-o'yinida muzga chiqadi.
Bu safar vakillarimizga Pekinning "KRS-BSU" jamoasi raqiblik qiladi.
Malumot o'rnida, "Humo" shu kungacha VXL doirasida 26ta o'yin o'tkazgan va 28 ochko to'plagan holda 19-o'rinni egallab turibdi. "KRS-BSU" esa 27ta o'yindan so'ng 20 ochko jamg'arib, jadvalning 31-pog'onasidan joy olgan.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar